Mehnat kodeksi 552-moddasi
Mehnat nizolari boʻyicha komissiya majlisining bayonnomasi
Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning majlisida bayonnoma yuritiladi, u komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. Mehnat nizolari boʻyicha komissiya majlisining bayonnomasida oʻtkazilayotgan majlisning quyidagi butun jarayoni aks ettiriladi: majlis oʻtkazilayotgan sana; komissiya tarkibi; qanday ariza koʻrilayotganligi; komissiya majlisini olib borish tartibi; xodim (uning vakili) hamda ish beruvchining vakili tomonidan keltirilayotgan tushuntirishlar va vajlarning, shuningdek guvohlar koʻrsatuvlarining, mutaxassislar fikrlarining bayoni; qarorning mazmuni. Yakka tartibdagi mehnat nizosining taraflari va mehnat nizolari boʻyicha komissiya majlisining manfaatdor ishtirokchilari majlis bayonnomasi bilan tanishishga haqli hamda ushbu bayonnoma imzolangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bayonnomaga nisbatan yozma eʼtirozlarini undagi xatolarni, notoʻgʻri talqinlarni yoki bayonnomaning toʻliq emasligini koʻrsatgan holda berishi mumkin. Komissiya taraflarning yozma eʼtirozlarini majlis bayonnomasiga ilova qilishi kerak. Mehnat nizolari boʻyicha komissiya majlisining bayonnomasini yuritish komissiya majlisining audio- yoki videoyozuvi orqali elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 551. Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari boʻyicha komissiyada koʻrib chiqish tartibi
Keyingi modda →
Modda 553. Xodimning arizasini qabul qilishni rad etish
Qoʻshni moddalar
- 548Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning vakolatlari
- 549Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga ariza berish tartibi
- 550Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari boʻyicha komissiyada koʻrib chiqish uchun tayyorlash
- 551Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari boʻyicha komissiyada koʻrib chiqish tartibi
- 553Xodimning arizasini qabul qilishni rad etish
- 554Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga murojaat qilish muddati
- 555Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning qarori
- 556Yakka tartibdagi mehnat nizosini koʻrib chiqishni sudga oʻtkazish va mehnat nizolari boʻyicha komissiya qarori ustidan shikoyat qilish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.