Mikrofirmalar jumlasiga kiritilgan ish beruvchilarda (bundan buyon matnda ish beruvchi boʻlgan mikrofirma deb yuritiladi) xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish ushbu paragrafda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Agar ish beruvchi boʻlgan mikrofirma tadbirkorlik subyektlarining belgilangan tasnifiga muvofiq mikrofirmalar jumlasiga kirmay qolsa, davlat statistika organlari tomonidan ish beruvchi boʻlgan mikrofirma toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar kiritilgan paytdan eʼtiboran ushbu ish beruvchida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq ushbu paragrafda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olinmagan holda amalga oshirilishi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 503. Sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
Keyingi modda →
Modda 505. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish
Qoʻshni moddalar
- 500Transport xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
- 501Pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
- 502Tibbiyot xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
- 503Sportchilar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
- 505Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish
- 506Ish beruvchi boʻlgan mikrofirma xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish
- 507Umumiy qoidalar
- 508Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor oʻrtasidagi mehnat shartnomasi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.