Mehnat kodeksi 508-moddasi
Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor oʻrtasidagi mehnat shartnomasi
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga qabul qilinayotgan shaxs bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi asos boʻladi. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ishga qabul qilinayotgan xodim bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Bunda mehnat shartnomasining muddati yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. Ish qidirayotgan shaxs mehnat shartnomasi tuzilguniga qadar mehnat va bandlik shartlari toʻgʻrisida oldindan xabardor qilingan boʻlishi kerak. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor oʻrtasidagi mehnat shartnomasining namunaviy shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan biri yakka tartibdagi tadbirkorda qoladi, ikkinchisi yollanma xodimga beriladi, uchinchisi esa yakka tartibdagi tadbirkorning soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Mehnat shartnomasining nusxasini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollanma xodimlarni ishga qabul qilish buyruq eʼlon qilmasdan amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi xodimlarga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
Qoʻshni moddalar
- 504Umumiy qoidalar
- 505Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish
- 506Ish beruvchi boʻlgan mikrofirma xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish
- 507Umumiy qoidalar
- 509Ish va dam olish rejimi
- 510Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartlarining oʻzgartirilishi
- 511Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor oʻrtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilish
- 512Yakka tartibdagi tadbirkorda ishlaydigan xodimlarning mehnat staji
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.