Masofadan turib ishlash mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini ish beruvchi joylashgan yerdan, tashkilotning alohida tuzilmasidan (shu jumladan boshqa yerda joylashganlaridan) ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida boʻlgan statsionar ish joyidan, hududdan yoki obyektdan tashqarida bajarishdan iborat boʻlib, bunda mazkur mehnat vazifasini bajarish hamda uni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida hamkorlikni amalga oshirish uchun axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish shart boʻladi. Masofadan turib ishlovchi xodimlarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi ushbu paragrafda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda tatbiq etiladi. Masofadan turib ishlash rejimi quyidagi hollarda belgilanishi mumkin: xodimni ishga qabul qilishda; xodim odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga oʻtkazilgan taqdirda ish jarayonida. Muayyan ish beruvchida ishlayotgan shaxsning avvalgi mehnat vazifasini davom ettirgan holda odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga oʻtkazilishi mehnat shartlarining oʻzgarishidir. Xodimning odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga oʻtkazilishi, agar bunda xodimning mehnat vazifasi oʻzgarsa, boshqa ishga oʻtkazish hisoblanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 451. Kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish
Keyingi modda →
Modda 453. Doimiy va vaqtincha masofadan turib ishlash
Qoʻshni moddalar
- 448Kasanachining ish vaqti
- 449Kasanachining yillik mehnat taʼtili
- 450Kasanachining mehnatiga haq toʻlash
- 451Kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish
- 453Doimiy va vaqtincha masofadan turib ishlash
- 454Ish beruvchining tashabbusiga koʻra vaqtincha masofadan turib ishlashga oʻtish
- 455Masofadan turib ishlashning aralash rejimi
- 456Masofadan turib ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.