Mehnat kodeksi 370-moddasi
Ish beruvchining xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir huquq va majburiyatlari
Xodimlarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga boʻlgan zaruratni ish beruvchi belgilaydi, bundan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarurati mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan hollar mustasno. Xodimlarni qayta tayyorlashga va oʻz malakasini oshirishga yuborish tartibi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi. Xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha ish haqini saqlab qolishi shart. Agar qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish vaqtida xodimning ish joyini (lavozimini) saqlab turishi shart. Xodimning oʻrtacha ish haqini saqlab qolish masalasi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoxud mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra hal qilinadi. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari, zarur kasblar hamda mutaxassisliklarning roʻyxati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 369. Xodimning malakasi va kasbiy standart tushunchalari
Keyingi modda →
Modda 371. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chogʻida xodimlarning huquq va majburiyatlari
Qoʻshni moddalar
- 366Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish
- 367Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi
- 368Murabbiylik
- 369Xodimning malakasi va kasbiy standart tushunchalari
- 371Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chogʻida xodimlarning huquq va majburiyatlari
- 372Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq toʻlanadigan stajirovka
- 373Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi tushunchasi
- 374Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining mazmuni
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.