Murabbiylik deganda xodimlarni qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirish turlari tushunilib, bunda tashkilotning eng tajribali xodimlari (murabbiylar) muayyan bir mehnat vazifasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bilimlar, koʻnikmalar va malakalarni tajribasi kamroq boʻlgan xodimlarga rejali ravishda yetkazishni taʼminlaydi. Murabbiylik tashkilot xodimlari oʻrtasida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat shartnomasiga doir qoʻshimcha kelishuv yoki murabbiy bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, agar unga avvalboshdanoq murabbiylik qilish toʻgʻrisidagi tegishli shartlar kiritilgan boʻlsa, murabbiylikni amalga oshirish toʻgʻrisida buyruq chiqarish uchun asos boʻladi. Murabbiylik qilish toʻgʻrisidagi tegishli shartlar deganda murabbiyning kamroq tajribaga ega boʻlgan xodimni oʻqitish uchun sarflaydigan ish vaqti, murabbiylik vazifalarini bajarganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori va ushbu Kodeksga, jamoa kelishuvlariga, mehnat huquqi normalarini oʻz ichiga olgan ichki va boshqa hujjatlarga zid boʻlmagan oʻzga shartlar tushuniladi. Murabbiylikni amalga oshirish davrida murabbiy kamroq tajribaga ega boʻlgan xodimning bevosita rahbari hisoblanadi hamda undan mehnat vazifasini lozim darajada bajarishni va mehnat intizomiga rioya etishni talab qilishga haqli. Murabbiy tayinlangan taqdirda, kamroq tajribaga ega boʻlgan xodimning mehnat shartnomasida mazkur shart haqida tegishli belgi qoʻyiladi. Murabbiylikni amalga oshirish tartibi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 367. Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi
Keyingi modda →
Modda 369. Xodimning malakasi va kasbiy standart tushunchalari
Qoʻshni moddalar
- 364Xodimni sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli boʻlgan ishga oʻtkazish
- 365Xodimlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish va ularni davolash-profilaktika muassasalariga olib borish
- 366Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish
- 367Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi
- 369Xodimning malakasi va kasbiy standart tushunchalari
- 370Ish beruvchining xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir huquq va majburiyatlari
- 371Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chogʻida xodimlarning huquq va majburiyatlari
- 372Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq toʻlanadigan stajirovka
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.