Mehnat kodeksi 336-moddasi
Xodimning hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi
Hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi. Ish beruvchi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida arizani koʻrib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart. Ish beruvchining xodimga hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxasi yoki ish beruvchining asoslantirilgan yozma rad javobi xodimga yoki ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslarga ushbu buyruq qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda topshiriladi. Xodim yoki ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi boʻlmagan yoki ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 335. Xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish
Keyingi modda →
Modda 337. Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyati
Qoʻshni moddalar
- 332Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish
- 333Xodimga ish haqi toʻlashni va unga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- 334Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- 335Xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish
- 337Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyati
- 338Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
- 339Ish beruvchining xodimdan zararni undirishdan voz kechish huquqi
- 340Xodimning moddiy javobgarligi doirasi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.