Mehnat kodeksi 337-moddasi
Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyati
Xodim ish beruvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashi shart. Olinmagan daromadlar (boy berilgan foyda) xodimdan undirilmaydi. Toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchidagi mol-mulki, agar ish beruvchi mazkur mol-mulkni but saqlanishi uchun javobgar boʻlsa) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchi uchun mol-mulkni sotib olish, tiklash yoxud xodim tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun ortiqcha xarajatlar qilish va toʻlovlarni amalga oshirish zarurati tushuniladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 336. Xodimning hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi
Keyingi modda →
Modda 338. Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
Qoʻshni moddalar
- 333Xodimga ish haqi toʻlashni va unga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- 334Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- 335Xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish
- 336Xodimning hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi
- 338Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
- 339Ish beruvchining xodimdan zararni undirishdan voz kechish huquqi
- 340Xodimning moddiy javobgarligi doirasi
- 341Xodimning toʻliq moddiy javobgarligi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.