Mehnat kodeksi 288-moddasi
Ish sayyor va koʻchib yurish xususiyatiga ega boʻlganda, shuningdek dala sharoitlarida va vaxta usulida ishlanganda kompensatsiya toʻlovlari
Sayyor xususiyatga ega ish uchun ustamalar quyidagi eng kam miqdorlarda belgilanadi: tashkilot joylashgan joydan ish joyiga (obyektga) yetib borish va orqaga qaytish uchun safar kun davomida uch soatdan kam boʻlmagan va ish vaqtidan tashqari vaqtda amalga oshirilgan hollarda, — qonunchilikda belgilangan sutkalik stavkaning sakson foizigacha va sakson foizi miqdorida, uch soatdan kam boʻlgan hollarda esa qirq foizigacha va qirq foizi miqdorida; ishlarni yoʻlda bajarish bilan bogʻliq safar chogʻida — yoʻlda oʻtgan har bir kun uchun oylik tarif stavkasining (maoshning) bir yarim foizi, yoʻlovchi poyezdlariga, pochta-bagaj poyezdlariga, yoʻlovchi poyezdlari va pochta vagonlarining restoran-vagonlarida (kafe-bufetlarda) xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga esa uch foizi miqdorida; agar xodimlar bir oyda oʻn ikki va undan ortiq kun safarda boʻlsa, — qonunchilikda belgilangan sutkalik normaning yigirma foizigacha, agar bir oyda oʻn ikki kundan kam safarda boʻlsa, — sayyor xususiyatga ega sharoitlardagi ishning bir sutkasi uchun oylik tarif stavkasining (maoshning) oʻn besh foizigacha miqdorda. Koʻchib yurish xususiyatiga ega ish uchun ustama quyidagi eng kam miqdorlarda belgilanadi: olis obyektlarda boʻlish kunlarida — har bir toʻliq ishlangan ish kuni (smena) uchun xodim kunlik stavkasining oʻttiz foizigacha; obyekt joylashgan yerga borish va orqaga qaytish kunlarida — xodimning kunlik tarif stavkasi miqdorida. Dala sharoitlaridagi ish uchun dala nafaqasi quyidagi miqdorlardan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi: bevosita dala ishlari oʻtkaziladigan obyektlarda, tashkilotning daladagi bazaviy shaharchasidan tashqarida ishlaganda — kunlik mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yetti foizi; tashkilotlarning daladagi bazaviy shaharchalarida bajariladigan ish uchun — kunlik mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki foizi. Vaxta usulidagi ish uchun oylik mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ellik foizidan kam boʻlmagan miqdorda ustama belgilanadi. Jamoa shartnomasi yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan ichki hujjat yoxud xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv bilan ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilganidan koʻproq miqdorda kompensatsiyalar belgilanishi mumkin. Bunda ushbu moddada belgilangan miqdorlardan ortiq boʻlgan toʻlovlarga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq solinishi lozim.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 287. Xizmat safarlari chogʻidagi kompensatsiya toʻlovlari
Keyingi modda →
Modda 289. Xodim boshqa joydagi ishga koʻchib oʻtayotganda kompensatsiya toʻlovlari
Qoʻshni moddalar
- 284Kafolatli toʻlovlarni moliyalashtirish manbalari
- 285Kompensatsiya toʻlovlari tushunchasi
- 286Ish beruvchining xodimga kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish majburiyati
- 287Xizmat safarlari chogʻidagi kompensatsiya toʻlovlari
- 289Xodim boshqa joydagi ishga koʻchib oʻtayotganda kompensatsiya toʻlovlari
- 290Ish beruvchining yoʻllanmasi boʻyicha kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan oʻtishda xodimlar uchun kompensatsiya toʻlovlari
- 291Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodimda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yuz bergan taqdirda xarajatlarni kompensatsiya qilish
- 292Xodimning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.