Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 28-moddasi

Davlat yongʻindan saqlash xizmati

Davlat yongʻindan saqlash xizmati yongʻindan saqlash xizmatining asosiy turidir va u Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqaruv organlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi. (28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) (29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 26-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son) (30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 26-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.