Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi. 255-modda. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari

Qonun № 2015-XII, 22.09.1994 (255-modda)

Kodeksning 49, 49², 49³, 50, 51 va 229-moddalari boʻyicha ishlarni Davlat mehnat inspeksiyasining qaysi mansabdor shaxslari koʻrib chiqishini belgilaydi. Mehnat muhofazasi qonunchiligini buzganlik uchun jazo qoʻllash huquqi davlat texnik mehnat inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlariga berilgan.

Eslatma: Ushbu matn axborot maqsadlarida taqdim etilgan. Rasmiy versiyani olish uchun lex.uz dagi asosiy manbaga murojaat qiling.

Moddalar

Modda 255. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari

Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 492, 493, 50, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi. (255-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-1095-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son) Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqlidir: mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari; (255-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari. (255-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Ushbu qonunga rioya qilishda yordam kerakmi?

Tashkilotingizni qonunchilik talablariga muvofiqlashtlrishda yordam beramiz.