50. Balandlikdagi ishlarni bajarishda qoʻllaniladigan yordamchi uskunalar standart va texnik sharoitlarga muvofiq boʻlishi lozim boʻlib, ular quyidagilardan iborat:
havoza va roʻyxatga olingan supalar;
narvon va narvonchalar;
harakatlanuvchi kuzatuv minorasi, maydoncha, osma kajava va boshqalar.
51. Doklarning platformalari (maydonlari) dagʻal, yiqilib ketish holatlari taʼsiriga nisbatan mustahkam boʻlishi, uning ustida ishlagan vaqtda joyini oʻzgartirishni istisno qiluvchi autrigerlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
52. Doklarning har bir qavatida ishlash maydonchalari 1 m. balandlikdagi toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi lozim boʻlib, bunda 1 m. balandlikdagi toʻsiqlarni oʻrnatish mumkin boʻlmagan joylar istisno qilinadi.
53. Platformalarning ishlash maydonchalaridagi toʻshama va narvon zinalari yoqilgʻi-moy materiallari taʼsiriga chidamli, oson yuviladigan, olovga chidamli hamda sirgʻanib ketmaydigan boʻlishi kerak.
Platformalarni koʻtarish uchun moʻljallangan tros-bloklari tizimi oʻzini oʻzi toʻxtatib qoluvchi mexanizmlarga ega boʻlishlari kerak. Platformalarda muhofaza kamarlarini mustahkam ilib qoʻyiladigan joy koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
54. Havoza va supalarning toʻshamalari qalinligi 40 mm.dan kam boʻlmagan taxtalardan qilinishi hamda taxtalarning oʻrtasi 5 mm.dan oshmaydigan oraliqli tekis yuzaga ega boʻlishi lozim. Bir-biriga birlashuvchi taxtalarning uchi tayanch joyda joylashgan boʻlishi va uni har tomonidan kamida 200 mm.dan yopib turishi kerak.
55. Yer sathi yoki tom toʻsinidan 1,5 m. hamda undan balandda joylashgan toʻshama, havoza, maydoncha va supalarning balandligi 1,5 m.dan kam boʻlmagan tutqich, oraliq elementi va yonbosh toʻsiqlari boʻlgan, balandligi 1 m.dan kam boʻlmagan panjaralar bilan toʻsiladi. Toʻshamaning eni 1 m.dan kam boʻlmasligi, tutqich ustunlarining oraligʻi esa 2 m.dan kam boʻlmasligi kerak.
56. Havozalarning toʻsiq va tutqichlari 700 N (70 kg.) statik yuklanishga bardosh berishi kerak.
57. Doklar va havozalar odamlarni va materiallarni koʻtarish hamda tushirish uchun mustahkam narvonga ega boʻlishi kerak. Doklar, platforma va havozalarning konstruksiyalariga massasi 20 kg.dan ortiq yuklarni koʻtarish uskunasini oʻrnatish man etiladi. Toʻshamadagi narvondan chiqish oʻrni 3 tarafdan toʻsilgan boʻlishi kerak.
58. Doklar, havoza va supalarning narvonlari va toʻshamalari ish tamom boʻlgandan keyin vaqti-vaqti bilan axlat, moy hamda material qoldiqlaridan tozalab turilishi kerak.
Qish paytlarida toʻshama va narvonlar qordan, muzlamalardan tozalanishi hamda zarurat boʻlganda ularga qum sepilishi kerak. Ularda uchi qayirilgan mixlar, bosh qismi chiqib qolgan boltlar va boshqa chiqib turgan buyumlar hamda mustahkamlanmagan taxtalar boʻlmasligi kerak.
59. Doklar va metall havozalar pachoqlanmagan, yorilmagan va boshqa nuqsonlarga ega boʻlmagan toʻgʻri metall trubalardan tayyorlangan boʻlishi lozim.
60. Doklar va qismlarga ajraladigan metall havozalar ortib boradigan tiragichlarning ishonchli birikmalariga ega boʻlishi kerak. Doklar va havozalarni mustahkamlash uchun faqat metallardan yasalgan mustahkamlash elementlarini ishlatish kerak (boltlar, torlar va skobalar).
61. Doklar va metall havozalar yerga ulangan boʻlishi kerak.
62. Doklar va metall havozalarni ochiq havoda oʻrnatishda yashin qabul qiluvchi, tok oʻtkazgich va yerga ulagichdan iborat boʻlgan yashindan himoya qiluvchi qurilma mavjud boʻlishi kerak. Yerga ulash qarshiligi 15 OMdan oshmasligi kerak.
63. Osma kajavalardan foydalanishga ularni faqat hisoblangandan 50% oshiq statik yuklanishda hamda hisoblangandan 10% oshiq dinamik yuklanishda sinalgandan keyin ruxsat beriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. Agar ishlab chiqaruvchining texnik shartlari yoki yoʻriqnomasi bilan boshqa muddatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, sinovlar kamida olti oyda bir marta oʻtkaziladi.
64. Odamlarni chiqarish va tushirish uchun qurilmalar toʻsiqlarga ega boʻlishi va xavfli zonalardan tashqarida joylashgan boʻlishi kerak. Osma kajavani koʻtarish uchun ishlatiladigan poʻlat simlar hisob bilan tekshirilgan boʻlishi va toʻqqiz baravardan kam boʻlmagan mustahkamlik darajasiga ega boʻlishi kerak. Osma kajavalarni koʻtarish uchun xizmat qiladigan yuk koʻtarish kranlari kranlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanishning belgilangan talablariga javob berishi lozim.
65. Osma kajavalarning balandligi 1,2 m. boʻlgan toʻrt taraflama toʻsiqqa ega boʻlishi kerak. Ular osilib turadigan konsollar, devorga taglik orqali tayanib turishi kerak. Karnizlardan tayanch sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
66. Metall machtalar ishlovchini koʻtarish uchun narvonlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Narvonlar tasma-tasma yoki dumaloq poʻlatdan boʻlgan, balandligi 700 — 800 mm.dan yoy koʻrinishidagi saqlash toʻsiqlariga ega boʻlishi kerak. Yoylar bir-biridan 800 mm. masofa uzoqlikda oʻrnatiladi va oʻzaro uchta poʻlat tasma yoki sim parchasi bilan birlashtiriladi.
67. Vertikal narvonlarning pogʻonalari diametri 18 mm. dumaloq poʻlatdan, uzunligi kamida 400 mm.dan kam boʻlmagan, sirpanishga qarshi nov shakliga ega boʻlishi kerak. Pogʻonalar oʻrtasidagi masofa 400 mm.dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Machtaga koʻtarilishda ishlovchining dam olishi uchun bir-biridan 20 m.dan ortiq boʻlmagan masofada joylashgan metall maydonchalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Maydonchalarning balandligi 1 m.dan kam boʻlmagan panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
68. Narvon va narvonchalarning konstruksiyalari xavfsiz ish sharoitlarini taʼminlashi va quyidagilarni koʻzda tutishi kerak:
oʻz-oʻzidan yigʻilish va surilib ketishni oldini oluvchi moslamaning mavjudligi;
choʻkish va agʻdarilib ketishni oldini oluvchi moslamaning mavjudligi;
1,5 m. va undan balandda ishlayotganda panjara va saqlash kamarlarining mustahkamlanganligini taʼminlovchi moslamalarning mavjudligi;
metall pogʻonalarning taram-taram yuzaga ega boʻlishi.
69. Metall narvon va narvonchalar ular haqida aniq maʼlumotlar bayon qilingan hujjatlarga ega boʻlgan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Payvandlangan choklar uzunligi boʻyicha tekis hamda chokning mustahkamligini pasaytiruvchi, darz ketish, kuyish kabi nuqsonlarga ega boʻlmasligi zarur. Narvon va narvonchalarning yuzasida oddiy koʻz bilan koʻrinadigan pachoqlangan, qirilgan, shuningdek, oʻtkir qirra va gʻadir-budur joylar boʻlmasligi kerak. Poʻlat qismlari sifatli zanglamaydigan qoplamaga ega boʻlishi kerak. Pogʻonalar boʻshashib va aylanib ketmasligi lozim.
70. Koʻchma taxtadan yasalgan narvon va narvonchalar koʻzsiz 1-2 navli ninabarg jinsli chidamli quruq yogʻochdan tayyorlangan boʻlishi kerak.
71. Narvonning taxta detallariga keyinchalik ularni rangsiz lak bilan qoplanish uchun issiq sharoitda asl alifmoyga singdirilgan boʻlishi kerak. Narvonlarni boʻyoqlar bilan boʻyash man etiladi.
72. Taxtali narvonlarning uzunligi 5 m.dan oshmasligi, bunda narvonning umumiy uzunligi uning yuqori uchidan 1 m.dan kam boʻlmagan masofadagi pogʻonasidan turib ishlashga imkon berishi kerak. Narvonning balandlik joylashgan qismining kengligi 300 mm.dan, pastda joylashgan qismining kengligi 400 mm.dan kam boʻlmasligi kerak.
73. Narvonning yon tomon yogʻochlari yuqori va pastki pogʻonalar ostidan diametri 3 mm.dan kam boʻlmagan tortiluvchi boltlar bilan mahkamlanadi. Narvonlarning uzunligi 2 m.dan ortiq boʻlganda qoʻshimcha tortib turuvchi boltlar shunday oʻrnatilishi zarurki, ular orasidagi masofa 2 m.dan oshmasligi lozim.
74. Narvon va narvonchalarning pogʻonalari yon tomon yogʻochlariga yorib kirgiziladi. Pogʻonalari mix bilan qoqilgan narvonlarni qoʻllash mumkin emas. Narvonlarning pogʻonalari orasidagi masofa 250 mm.dan ortiq va 150 mm.dan kam boʻlmasligi lozim.
75. Gʻadir-budur beton pollarda ishlaganda pastki uchlari rezinali narvonlar qoʻllanadi. Taxtali va tuproqli pollarda ishlaganda pastki uchlarida oʻtkir poʻlat uchi bor narvonlarni qoʻllash kerak.
76. Ikki yoqqa ochiladigan narvonlarda, narvonning oʻz-oʻzidan ochilib ketishiga imkon bermaydigan, mustahkam birlashmalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
77. Havo kemasining konstruksiyasiga, quvur yoki troslarga qoʻyiladigan narvonlarning yuqori uchlari, maxsus bogʻlovchi kamarlar yoki ilib oluvchi prujinali ilgak bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
78. Narvon yon yogʻochlari kesimining narvon uzunligiga tavsiya qilinayotgan nisbati 2-ilovada keltirilgan.
79. Foydalanishda boʻlgan har bir taxtali yoki metalldan yasalgan narvonlar, narvonchalar va arqonlarning birkalarida ularning inventar raqami, keyingi sinov muddati, qaysi boʻlinmaga (sex, xizmat, uchastka va hokazo) tegishli ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Barcha narvonlar va narvonchalar 3-ilovaga muvofiq “Narvon va narvonchalarning hisobga olish va sinov jurnalining shakli”da roʻyxatga olingan boʻlishi kerak.
80. Barcha koʻchma narvon va narvonchalar tayyorlangandan keyin va taʼmirdan chiqqandan soʻng 1200 N (120 kg.) statik yuklanishda sinab koʻrilishi kerak. Sinab koʻrilayotganda foydalanish holatida boʻlgan narvonning oʻrtasidagi pogʻonalaridan biriga statik yuk qoʻyiladi. Foydalanish jarayonida taxtali narvon har yarim yilda, metall narvon esa yilda bir marta sinovdan oʻtkazilishi lozim.
Narvonchalar sinovdan oldin tekis gorizontal maydonchaga oʻrnatiladi. Narvonchaning oʻrta qismidagi kuchaytirilmagan pogʻonasiga yuk ilinadi. Agar pogʻonalar narvonchaning ikkala yondosh tomonlarida ham boʻlsa, unda birinchi tomon sinalgandan soʻng aynan shu tarzda ikkinchisi sinaladi. Agar uning ikkinchi tomoni ishchi hisoblanmasa va faqat tayanch uchun xizmat qilsa, unda oʻsha tomon yon qismlarining har birining oʻrtasiga bevosita 1000 N (100 kg.) yuk osib qoʻyib sinaladi.
81. Nosoz holatda boʻlgan, shuningdek, navbatdagi sinov muddati oʻtib ketgan havoza, supa, maydonchalar, narvon, narvonchalar va boshqa yordamchi uskunalardan foydalanish man etiladi.
82. Narvon va narvonchalarning holati uchun nazoratni boʻlinma (sex, uchastka) boʻyicha buyruq bilan tayinlangan muhandis-texnik xodimlar orasidan tayinlangan shaxslar amalga oshiradi.
83. Barcha narvon va narvonchalar qoʻllanishdan oldin ish boshqaruvchi tomonidan koʻrib chiqiladi
84. Taxtali narvonni koʻrib chiqish jarayonida ularning texnik talablarga muvofiqliligi, taxtaning holatiga, shuningdek, shimdirilgan qoplamaning sifatiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Narvon pogʻonalari va yon tomon yogʻochlarida uzunligi 100 mm.dan, chuqurligi 5 mm.dan ortiq boʻlmagan yoriqlar boʻlishiga ruxsat beriladi, bunda yoriqlar narvonning yon tomonlarini va pogʻonalarini kuchsizlantirmasligi kerak. Yoriqli joylarni shpatlyovka, yelimlash yoki boshqa usullar bilan qandaydir yopib tekislash taqiqlanadi. Yon tomon yogʻochlarining tugaydigan qismidagi uchliklar mustahkam biriktirilgan boʻlishi va lyuft hosil qilmasliklari kerak. Metall boʻlmagan uchliklarni artishda ular yerga ulangan boʻlishi kerak, oʻtmaslashib qolgan metall uchlar charxlanishi kerak.
85. Metall narvon va narvonchalarni tekshirishda uning qismlarida deformatsiya yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak, metallda yoriqlar, gʻadir-budur, oʻtkir qirralar, pogʻonalarni yon tomon qismlariga mahkamlashda kamchiliklar yoʻqligiga ishonch hosil qilish lozim.
86. Saqlash kamarlarini tekshirganda navbatdagi sinov muddati toʻgʻrisidagi belgi boʻlgan birka borligiga ishonch hosil qilish lozim. Sinovdan oʻtganligi toʻgʻrisida belgi boʻlmaganda, muhofaza kamarlaridan foydalanish man etiladi.