Bank tizimi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarini tasdiqlash haqida

Buyruq, AV ro'yxati № 1251, 16.06.2003

Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini bepul berishning namunaviy me'yorlari: bank tizimi. Kasblar ro'yxati, himoya vositalari turlari va kiyish muddatlari.

Eslatma: Ushbu matn axborot maqsadlarida taqdim etilgan. Rasmiy versiyani olish uchun lex.uz dagi asosiy manbaga murojaat qiling.

Hujjat boʻlimlari

BANK TIZIMI XODIMLARI UChUN MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA BOShQA YAKKA TARTIBDA HIMOYALANISh VOSITALARINI BEPUL BERIShNING NAMUNAVIY MEʼYORLARINI TASDIQLASh HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish dasturi”ning ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman: 1. Bank tizimi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu Namunaviy meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiritilsin. 3. Mehnat muhofazasi boshqarmasi (V. Nichkasov) ushbu Qoidalar Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng ularni nashr etish yuzasidan “Mehnat” nashriyotiga tavsiya tayyorlasin. 4. Ushbu buyruq bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Akbarov zimmasiga yuklatilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV Toshkent sh., 2003-yil 3-iyun, 53-son

T/rKasb va lavozim nomlariMaxsus kiyim-bosh, poyabzal va shaxsiy himoya vositalariXizmat muddati (oy)
1234
1Inkassatsiya xodimlari:Qishki kurtka36
Yengil kurtka18
Kostyum shimi bilan18
Yengil shim18
Qishki shim18
Yozgi poyabzal24
Qishki poyabzal36
Kalta yengli koʻylak6
Uzun yengli koʻylak6
Yozgi bosh kiyim18
Qishki bosh kiyim36
Ensiz kamar36
Ensiz kamar60
Kabura60
Bronejelet (boyliklarni viloyatlararo tashuvchi inkassatorlar uchun)60
2KassirIp-gazlama xalat12
3Nusxa koʻchirish operatoriIp-gazlama xalat12
4Teletayp operatoriIp-gazlama xalat12
5Arxiv ishchisiIp-gazlama xalat12
6Qurilish ishchisiQoʻlqop Ip-gazlama kurtka3 24
7Hovlibon (dvornik)Ip-gazlama kostyum Qoʻlqop Nam oʻtkazmaydigan plash12 3 36
8Ombor ishchisiIp-gazlama kostyum yoki xalat Qoʻlqop12 3
9Santexnik-taʼmirlovchiIp-gazlama kostyum Qoʻlqop Rezina koʻlqop Rezina etik12 3 navbatchi 12
10Nazorat-hisoblash asboblarini taʼmirlovchi chilangar (slesar)Xalat yoki ip-gazlama kostyum Qoʻlqop Dielektrik qoʻlqop Dielektrik kalish12 2 navbatchi navbatchi
11DuradgorIp-gazlama kostyum Ip-gazlama fartuk Qoʻlqop12 6 3
12FarroshIp-gazlama xalat Qoʻlqop12 3
13Elektr asboblarga xizmat koʻrsatuvchi elektromontyorKostyum ip-gazlama Dielektrik qoʻlqop Dielektrik kalish12 navbatchi navbatchi
14Avtomatika va nazorat oʻlchov asboblari chilangariIp-gazlama kostyum Dielektrik qoʻlqop12 navbatchi
15Oshxona ishchisiOq xalat yoki kostyum Qoʻlqop12 6
16Idish-tovoq yuvuvchiRezina fartuk12
17KutubxonachiIp-gazlama xalat12
18Liftlar boʻyicha elektromexanikIp-gazlama kostyum (kombinizon) Qoʻlqop �� Qoʻshimcha: Himoya kamari Himoya kaskasi Dielektrik qoʻlqop12 3 navbatchi navbatchi navbatchi
19Ishchi va yuk tashuvchilarBrezent kurtka Xalat Brezent qoʻlqop12 12 1
20Ventilatsiya va isitish tizimini taʼmirlovchi va unga xizmat koʻrsatuvchi chilangarIp-gazlama kostyum Qoʻlkop12 2

Ushbu Namunaviy meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan. Toshkent sh., 2003-yil 26-may Toshkent sh, 2003-yil 26-may Toshkent sh., 2003-yil 26-may (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y.,12-son)

Ushbu qonunga rioya qilishda yordam kerakmi?

Tashkilotingizni qonunchilik talablariga muvofiqlashtlrishda yordam beramiz.