VM qarori № 637, 67-boʻlim

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-oktabrdagi 637-son qaroriga 2-ILOVA. Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisida NIZOM — 1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha hujjatlarni taqdim etishda yagona talablarni belgilaydi. 2. Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha korxonalarning takliflari ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya) natijalariga koʻra tasdiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatini hamda roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori

Vazirlar Mahkamasining 637-son qarori, 10.10.2025

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.