VM qarori № 637, 61-boʻlim
3-SON ROʻYXATI. XXVII. RADIOAKTIV MODDALAR, IONLASHTIRUVCHI NURLANISH MANBALARI VA BERILLIY BILAN ISHLASHDA
| T/r | Kasblar | MXSK-08 boʻyicha kodi |
|---|---|---|
| 3-1877 | 1. Tadqiqot, transport va tajriba-sanoat yadro reaktorlari va ularning prototiplari ustidagi ishlarida | |
| 3-1878 | Texnologik suvni olib kelingan radioaktivlik va radioaktiv parchalardan tozalash ishlarida, shuningdek radiatsiyaviy xavfli sharoitlarda tozalash qurilmalarining texnologik uskunalarini taʼmirlashda doimiy band boʻlgan ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar | |
| 3-1879 | 1 va 2-toifali ishlar olib boriladigan atom elektr stansiyalarining texnologik asbob-uskunalari va jihozlarini saqlashda binolar, kemalar inshootlari ichida doimiy ravishda band boʻlgan ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar | |
| 3-1880 | 2. Korxonalarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida, laboratoriyalarda, konstruktorlik va tajriba-konstruktorlik tashkilotlarida ishlash | |
| 3-1881 | Ish joyida faolligi kamida 0,1 millikyuri radiy 226 yoki radioaktiv moddalarning radiotoksikligi ekvivalenti boʻlgan radioaktiv moddalar bilan doimiy ravishda ishlaydigan va ushbu sharoitlarda texnologik asbob-uskunalarni taʼmirlash bilan band boʻlgan ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar | |
| 3-1882 | 3. Radioaktiv moddalar bilan bogʻliq boʻlgan yerustidagi geologik qidiruv ishlari | |
| 3-1883 | Ishchi, radioaktiv rudalari (maʼdanlari) bilan ishlashda doimiy band boʻlganda | |
| 3-1884 | 4. Korxonalar, tashkilotlar, tibbiyot muassasalaridagi ishlab chiqarish sanitariya laboratoriyalarida, shu jumladan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining radiologik laboratoriyalarida, yadroviy obyektlar xavfsizligini nazorat qilish xizmatlari va radiatsiyaviy xavfsizlik idoraviy xizmatlaridagi ishlar | |
| 3-1885 | Ishchi va mutaxassis, yadro reaktorlariga, atom elektr stansiyalariga xizmat koʻrsatish va radiatsiya yoki berilliy xavfi sharoitida radiaktiv moddalar va berilliy ishlab chiqarish bilan doimiy ravishda band boʻlganda | |
| 3-1886 | 5. Tezlashtiruvchi qurilmalarda ishlash, neytron chiqishi sekundiga 10 dan 9 gacha va undan yuqori boʻlgan neytron generatorlarida | |
| 3-1887 | Ekstremal va ekspluatatsion ishlarda radiatsiyaviy xavfli sharoitlarda doimiy va bevosita band boʻlgan ishchi, rahbar va mutaxassislar | |
| 3-1888 | Ishchi va mutaxassis, uskunalarni taʼmirlash bilan band boʻlganda (xaqiqiy ishlagan vaqt uchun) | |
| 3-1889 | 6. Radioaktiv moddalarni koʻmish va tashish boʻyicha ishlar; radioaktiv moddalar va berilliy bilan ifloslangan ish kiyimlari va uskunalarini zararsizlantirish, gazsizlantirish va changni tozalash boʻyicha ishlar | |
| 3-1890 | Radioaktiv moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va berilliyni yuklash, tushirish, qayta yuklash, tashish, yigʻish, qayta ishlash, saqlash va koʻmish, shuningdek uskunalarni, binolarni, transport vositalarini zararsizlantirish, deaktivatsiyalash, yigʻish, taʼmirlash va tozalash, ish kiyimlarini zararsizlantirish va changdan tozalashda doimiy band boʻlgan ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar | |
| 3-1891 | Sanitariya nazorat oʻtish joyi (dush) xodimlari | |
| 3-1892 | 7. Boshqa ishlar | |
| 3-1893 | Ehtiyot qismlar va moslamalarni sinovchii, usta va katta usta, 25 kilovolt va undan yuqori kuchlanishli stendlarda elektr nurli quvurlarni sinovdan oʻtkazishda band boʻlganda | |
| 3-1894 | Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga muvofiq mahalliy ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning isteʼmol qilinishini cheklash joriy etilgan yadroviy obyektlarida sodir boʻlgan avariya natijasida radioaktiv ifloslanishga uchragan hududlarda ish bilan band boʻlgan ishchilar |
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatini hamda roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori
Vazirlar Mahkamasining 637-son qarori, 10.10.2025
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 60. 3-SON ROʻYXATI. XXVI. SUNʼIY VA SINTETIK TOLALAR ISHLAB CHIQARISH
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 62. 3-SON ROʻYXATI. XXVIII. UMUMIY KASBLAR
Qoʻshni boʻlimlar
- 573-SON ROʻYXATI. XXIII. BINOLAR, INSHOOTLAR VA BOSHQA OBYEKTLARNI QURISH, REKONSTRUKSIYA QILISH, TEXNIK QAYTA JIHOZLASH, QAYTA TIKLASH VA TAʼMIRLASH
- 583-SON ROʻYXATI. XXIV. TRANSPORT
- 593-SON ROʻYXATI. XXV. ALOQA
- 603-SON ROʻYXATI. XXVI. SUNʼIY VA SINTETIK TOLALAR ISHLAB CHIQARISH
- 623-SON ROʻYXATI. XXVIII. UMUMIY KASBLAR
- 633-SON ROʻYXATI. XXIX. ATOM ENERGETIKASI VA SANOATI
- 643-SON ROʻYXATI. II QISM. NOGIRONLIGI BOʻLGAN BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM BERISH TASHKILOTLARI, MEHRIBONLIK UYLARI, HARBIY AKADEMIK LITSEYLAR, TARBIYAVIY KOLONIYALAR OʻQITUVCHILARI
- 653-SON ROʻYXATI. III QISM. IXTISOSLASHGAN TIBBIY MUASSASALARNING SHIFOKORLARI VA OʻRTA TIBBIYOT XODIMLARI
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.