Tartibga solinadigan munosabatlar sohasiga qarab hududiy, tarmoq va bosh jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin. Hududiy va tarmoq jamoa kelishuvlari ikki tomonlama yoki uch tomonlama boʻlishi mumkin. Ikki tomonlama jamoa kelishuvlari ushbu Kodeksning 42 va 46-moddalarida koʻrsatilgan xodimlarning hamda ish beruvchilarning vakolatli vakillari oʻrtasida tuziladi. Uch tomonlama jamoa kelishuvlari ushbu Kodeks 42 va 46-moddalarining ikkinchi qismida koʻrsatilgan xodimlarning hamda ish beruvchilarning vakolatli vakillari va tegishli ijro etuvchi hokimiyat organi oʻrtasida tuziladi. Bunda ijro etuvchi hokimiyat organining ishtirok etishi xodimlar va ish beruvchilar vakolatli vakillarining taklifiga koʻra belgilanadi. Bajarilishining moliyaviy taʼminoti tegishli budjetlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan majburiyatlarni oʻz ichiga olgan jamoa kelishuvlari tegishli vakolatli organning roziligi mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi. Bosh jamoa kelishuvi uch tomonlama boʻladi hamda xodimlar va ish beruvchilarning respublika darajasidagi vakolatli vakillari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida tuziladi. Xodimlarning vakillari ish beruvchi yoki ish beruvchining vakili boʻlmagan ijro etuvchi hokimiyat organidan ular bilan ikki tomonlama kelishuv tuzishni talab qilishga haqli emas.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 80. Jamoa kelishuvlarining tushunchasi va shakli
Keyingi modda →
Modda 82. Hududiy jamoa kelishuvlari
Qoʻshni moddalar
- 77Jamoa shartnomasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
- 78Xodimlarni jamoa shartnomasi bilan tanishtirish
- 79Jamoa shartnomasining bajarilishi ustidan nazorat
- 80Jamoa kelishuvlarining tushunchasi va shakli
- 82Hududiy jamoa kelishuvlari
- 83Tarmoq jamoa kelishuvlari
- 84Bosh jamoa kelishuvi
- 85Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.