Mehnat kodeksi 59-moddasi
Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalarning qarorlari
Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalarning qarorlari, agar ijtimoiy sheriklikning har bir tarafidan belgilangan vakillarning koʻpchiligi ularni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalarning qarorlari tegishli reglamentda belgilangan muddatda kuchga kiradi. Boshlangʻich darajadagi ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalarning qarori ushbu qaror manfaatlariga daxldor boʻlgan xodimlarning eʼtiboriga ular qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻn kalendar kundan kechiktirmay yetkaziladi. Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha hududiy, tarmoq va respublika komissiyalarining qarorlari ular qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻn kalendar kundan kechiktirmay ochiq foydalanish uchun ommaviy axborot vositalarida yoki tegishli komissiyalarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi lozim.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 58. Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalarning majlislari
Keyingi modda →
Modda 60. Jamoaviy muzokaralar olib borishga boʻlgan huquq
Qoʻshni moddalar
- 55Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalarning vakolatlari
- 56Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya ishini rejalashtirish
- 57Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha hududiy, tarmoq va respublika komissiyalarining reglamenti
- 58Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalarning majlislari
- 60Jamoaviy muzokaralar olib borishga boʻlgan huquq
- 61Jamoaviy muzokaralar boshlanadigan sana
- 62Jamoaviy muzokaralar olib borish
- 63Jamoaviy muzokaralar jarayonida yuzaga kelgan ixtiloflarni hal etish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.