Mehnat kodeksi 547-moddasi
Mehnat nizolari boʻyicha komissiyani tuzish
Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mehnat nizolari boʻyicha komissiyani tuzish nazarda tutilishi mumkin. Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoxud jamoa shartnomasida nazarda tutilgan hollarda mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalarida tuzilishi mumkin. Tashkilotning tarkibiy boʻlinmalaridagi mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar tashkilotning mehnat nizolari boʻyicha komissiyalari faoliyat koʻrsatayotgan ayni oʻsha asoslarda ish yuritadi. Yakka tartibdagi mehnat nizolari tashkilotlar tarkibiy boʻlinmalarining mehnat nizolari boʻyicha komissiyalarida jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan tashkilotning kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda aniqlanadigan ushbu komissiyalarning vakolatlari doirasida koʻrilishi mumkin. Mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan har bir tarafdan vakillar soni teng boʻlgan holda, teng huquqlilik asosida tuziladi. Mehnat nizolari boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida yozma shaklda taklif olgan ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻn kunlik muddatda oʻz vakillarini komissiyaga yuborishi shart. Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning kasaba uyushmasi qoʻmitasidan boʻlgan aʼzolari tegishli kasaba uyushmasi qoʻmitasining qarori bilan, ish beruvchining vakillari boʻlgan komissiya aʼzolari esa ish beruvchining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning son jihatidan tarkibi va vakolatlari muddati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasida kelishilgan holda tasdiqlanadigan boshqa ichki hujjatda belgilanadi. Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning ish yuritish tartibi ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasida kelishilgan holda tasdiqlanadigan tegishli nizomda yoki boshqa ichki hujjatda belgilanadi. Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ish beruvchi xodimning roziligi bilan uning zimmasiga komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash uchun masʼul shaxs vazifalarini yuklatishi mumkin.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 546. Xodimning pulga oid talablarini qanoatlantirish
Keyingi modda →
Modda 548. Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning vakolatlari
Qoʻshni moddalar
- 543Yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqish tartibi
- 544Yakka tartibdagi mehnat nizolarining taraflari
- 545Yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organlar
- 546Xodimning pulga oid talablarini qanoatlantirish
- 548Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning vakolatlari
- 549Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga ariza berish tartibi
- 550Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari boʻyicha komissiyada koʻrib chiqish uchun tayyorlash
- 551Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari boʻyicha komissiyada koʻrib chiqish tartibi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.