Mehnat kodeksi 540-moddasi
Kasaba uyushmalarining mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chogʻidagi huquqlari
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari ish joylarida ish beruvchilarning mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, shuningdek jamoa kelishuvlari hamda jamoa shartnomasi, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan boshqa hujjatlar qoidalariga rioya etishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqiga ega. Kasaba uyushmalari loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va foydalanilayotgan ishlab chiqarish obyektlarida mehnat sharoitlari xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazishda, shuningdek loyihalashtirilayotgan hamda foydalanilayotgan mexanizmlar va asbob-uskunalarning xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazishda, mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi sabablarini aniqlashda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining majlislarida ishtirok etishga haqlidir. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chogʻida kasaba uyushmalari: mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzuridagi tegishli jamoatchilik kengashlarida ishtirok etishga; (540-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son) ish beruvchilarga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning va mehnatni muhofaza qilish qoidalarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar yuborishga; mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi talab bilan tegishli organlarga murojaat qilishga; ish beruvchiga xodimlarning hayotiga va sogʻligʻiga tahdid tugʻilgan hollarda ishlarni toʻxtatib turish haqida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida takliflar kiritishga; mehnatning muhofaza qilinish holatini oʻrganishga, ish beruvchilarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha jamoa kelishuvlarida va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlari bajarilishini nazorat qilishga; oʻzi manfaatlarini ifodalayotgan xodimlarning ish joylariga kirishga; yakka tartibdagi va jamoaviy mehnat nizolarini koʻrib chiqishda ishtirok etishga; xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga murojaat etishga haqli. Kasaba uyushmalari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun kasaba uyushmalari, shuningdek ularning birlashmalari oʻz inspeksiyalarini tashkil etishga haqli.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 539. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati subyektlari
Keyingi modda →
Modda 541. Mehnat nizolari tushunchasi
Qoʻshni moddalar
- 536Davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar
- 537Davlat mehnat inspektorlarining gʻayriqonuniy qarorlari, gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
- 538Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik
- 539Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati subyektlari
- 541Mehnat nizolari tushunchasi
- 542Mehnat nizolarining turlari
- 543Yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqish tartibi
- 544Yakka tartibdagi mehnat nizolarining taraflari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.