Mehnat kodeksi 433-moddasi
Oʻrindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar
Quyidagi hollarda oʻrindoshlik asosida ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi: oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga; agar oʻrindoshning asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlsa shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno); qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. (433-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son) Agar oʻrindoshlik asosida ishlash xodimning, boshqa shaxslarning sogʻligʻiga yoki ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlsa, ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda mehnat shart-sharoitlari hamda tartibining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muayyan kasb, mutaxassislik va lavozimlarga nisbatan oʻrindoshlik asosida ishlashga cheklovlar belgilashi mumkin.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 432. Oʻrindoshlik asosida ishlash tushunchasi
Keyingi modda →
Modda 434. Oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilishda taqdim etiladigan hujjatlar
Qoʻshni moddalar
- 429I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlar uchun yillik mehnat taʼtili
- 430I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimning ish haqi saqlanmagan holda taʼtil olish huquqi
- 431Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash
- 432Oʻrindoshlik asosida ishlash tushunchasi
- 434Oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilishda taqdim etiladigan hujjatlar
- 435Oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi
- 436Xodimning mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosidagi ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish
- 437Oʻrindoshlik asosida ishlash chogʻidagi ish vaqtining davomiyligi va uni hisobga olish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.