Mehnat kodeksi 393-moddasi

Ayollar mehnatini muhofaza qilish boʻyicha qoʻshimcha choralar

Ish beruvchi kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishuvga koʻra tasdiqlanadigan tavsiyalarni inobatga olib, noqulay mehnat sharoitlariga ega boʻlgan, ayollarning mehnatidan foydalanish cheklanadigan ayrim ishlar roʻyxatini belgilashga haqli. (393-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son) Ayollar tomonidan ular uchun yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp normadan ortiq boʻlgan ogʻir yuklarni koʻtarish va tashish taqiqlanadi. Ayollarning ogʻir yuklarni koʻtarishi va tashishi chogʻida ular uchun yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp yuklamalar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. (393-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.