Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy taʼtillar beriladi: falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar qoʻlyozmalarining mualliflariga — uch oygacha; fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun — olti oygacha. Mualliflar jamoalari tomonidan darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarini yozish chogʻida mualliflar jamoasi aʼzolaridan biriga mualliflar guruhining barcha aʼzolari imzolagan yozma arizaga muvofiq ijodiy taʼtil beriladi. Mualliflar taʼtilni oʻzaro taqsimlashga ham haqli. Ilmiy daraja olishga daʼvogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat taʼtillari ular ijodiy taʼtillardan foydalanganligidan qatʼi nazar beriladi. Ijodiy taʼtillar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 386. Ishni oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibi
Keyingi modda →
Modda 388. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari tushunchasi
Qoʻshni moddalar
- 383Ishni taʼlim bilan birga olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish
- 384Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirayotgan xodimlar uchun kafolatlar
- 385Kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʻyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar
- 386Ishni oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibi
- 388Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari tushunchasi
- 389Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari tasnifi
- 390Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilash chogʻida kafolatlarning saqlanib qolishi
- 391Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilash tartibi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.