Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. 259-modda. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish

Qonun № 2012-XII, 22.09.1994 (259-modda)

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini bajarish uchun masʼul shaxsning jinoiy javobgarligi, agar buzish oʻrta ogʻir yoki ogʻir tan jarohatiga olib kelgan boʻlsa: yigirma beshdan ellik BHMgacha jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha boshqa jazolar. Odam oʻlimi yoki boshqa ogʻir oqibatlarda — besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Eslatma: Ushbu matn axborot maqsadlarida taqdim etilgan. Rasmiy versiyani olish uchun lex.uz dagi asosiy manbaga murojaat qiling.

Moddalar

Modda 259. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish

Yongʻin xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (259-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oʻsha qilmish: a) odam oʻlishiga; b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (259-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)

Ushbu qonunga rioya qilishda yordam kerakmi?

Tashkilotingizni qonunchilik talablariga muvofiqlashtlrishda yordam beramiz.