O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. 257-modda. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzish

Qonun № 2012-XII, 22.09.1994 (257-modda)

Texnika xavfsizligi qoidalari yoki mehnat muhofazasining boshqa qoidalarini buzish natijasida xodimning sog'lig'iga og'ir yoki o'rtacha og'irlikda zarar yetkazilgan yoki uning vafot etishiga olib kelgan hollarda jinoyat javobgarligini belgilaydi.

Eslatma: Ushbu matn axborot maqsadlarida taqdim etilgan. Rasmiy versiyani olish uchun lex.uz dagi asosiy manbaga murojaat qiling.

Moddalar

Modda 257. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish

Texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (257-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oʻsha qilmish: a) odam oʻlishiga; b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (257-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) (2571-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)

Ushbu qonunga rioya qilishda yordam kerakmi?

Tashkilotingizni qonunchilik talablariga muvofiqlashtlrishda yordam beramiz.