Modda 53. Sanitariya qonunchiligini buzish
(53-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish — (53-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. (53-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 15 noyabrdagi OʻRQ-878-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 03/23/878/0852-son — 2024 yil 17 fevraldan kuchga kiradi)