Modda 51. Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash
Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik taʼlim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. (51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-martdagi OʻRQ-826-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 03/23/826/0172-son)