VM qarori № 637, 17-boʻlim
2-SON ROʻYXATI. IX. PORTLOVCHI MODDALAR, QOʻZGʻATUVCHI MODDALAR, POROX VA OʻQ-DORILAR ISHLAB CHIQARISH
| T/r | Kasblar | MXSK-08 boʻyicha kodi |
|---|
1. Kuchli nitrat kislota, selen, denitratsiya va sarflangan kislotalarning konsentratsiyasi, portlovchi moddalar va porox ishlab chiqarishda kislotani tiklash asosida sulfat, nitrat kislotalar va ularning tuzlari, suyuq raketa yoqilgʻilarining oksidlovchilari ishlab chiqarish
| 2-994 | Ishchilar, rahbar va mutaxassislar, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik jarayon va taʼmirlash bilan toʻliq ish kuni davomida band boʻlganda |
2. Portlovchi moddalarni, shu jumladan sanoat portlovchi moddalarini qayta ishlash va ishlab chiqarish
| 2-995 | Texnologik jarayonda va yangi portlovchi moddalarni ishlashda, shuningdek, barcha turdagi portlovchi moddalarni ishlab chiqarishda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan barcha nomlanishdagi ishchilar, rahbar va mutaxassislar |
3. Yangi ishlab chiqarish va barcha turdagi poroxlar, zaryadlar, qattiq yoqilgʻi, pirotexnika, gazsiz va kam gazli kompozitsiyalari, olovaralashmalar, oʻt oʻchirish va portlatish kabeli, kuchli azot kislotasi asosida ishlaydigan suyuq raketa yoqilgʻisi oksidantlari, shuningdek, ularga asoslangan yarim tayyor mahsulotlar va kompozitsiyalarni ishlab chiqarish
| 2-996 | Ishchilar, rahbar va mutaxassislar, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayon va taʼmirlash bilan toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan (yondirgichlar uchun metall qobiqlarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar bundan mustasno) |
4. Paxta sellyulozasi, piroksilin va kolloksilin ishlab chiqarish
| 2-997 | Ishchilar, rahbar va mutaxassislar, texnologik jarayon va taʼmirlashda, piroksilin, gipoxlorit eritmalarini tayyorlashda, buching, yuvish, oqartirish va quritishda toʻliq ish kuni davomida band boʻlganda |
| 2-998 | Ishchilar, ustalar va katta ustalar, oqartirish, quritish, lintni yuvish, suvni zararsizlantirish va suvni yumshatish eritmalarini tayyorlash bilan shugʻullanuvchi ishchilardan tashqari kolloksilin ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonida toʻliq ish kuni davomida band boʻlganda |
5. Oltingugurtni distillash va oltingugurt yeritish ishlab chiqarish
| 2-999 | Ishchilar, rahbar va mutaxassislar, Ushbu ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarda va taʼmirlashda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan |
6. Efir, kollodion ishlab chiqarish, erituvchilarni tiklash va rektifikatsiya qilish
| 2-1000 | Ishchilar, rahbar va mutaxassislar, ushbu ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarda va taʼmirlashda toʻliq ish kuni davomida band boʻlganda |
7. Yigʻish, qismlarga ajratish, asbob-uskunalar, tushirish, oʻq-dorilarning barcha turlarini taʼmirlash, jangovar agregatlar, jihozlangan qattiq yoqilgʻili raketa dvigatellari, pirotexnika buyumlari, initsiatsiya qurilmalari, 2-3-bandlarda koʻrsatilgan mahsulotlarni oʻz ichiga olgan boshqa butlovchi qismlar
| 2-1001 | Raketalarning, oʻq-dorilari va ularning qattiq yoqilgʻilari, porox, portlovchi moddalari va pirotexnika kompozitsiyalaridan ortilgan elementlarini utilizatsiya qilish va yoʻq qilish |
| 2-1002 | Ishchilar, rahbar va mutaxassislar, texnologik jarayonlarda va ushbu ishlab chiqarishlarda taʼmirlashda, shuningdek, ushbu ishlab chiqarishlarning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishda toʻliq ish kuni davomida band boʻlganda |
| 2-1003 | Ishchilar, rahbar va mutaxassislar, kuchli yoqilgʻi, porox, portlovchi moddalar va pirotexnik birikmalar bilan jihozlangan raketalar, oʻq-dorilar va ularning elementlarini utilizatsiya qilish va yoʻq qilish bilan band boʻlganda |
8. Metol, selektiv erituvchi, natriy va ammoniy dinitroresolatorlar ishlab chiqarish
| 2-1004 | Ishchilar, rahbar va mutaxassislar, texnologik jarayonlarda va ushbu ishlab chiqarishlarda taʼmirlashda, shuningdek, ushbu ishlab chiqarishlarning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishda toʻliq ish kuni davomida band boʻlganda |
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatini hamda roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori
Vazirlar Mahkamasining 637-son qarori, 10.10.2025
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 16. 2-SON ROʻYXATI. VIII. KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISH
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 18. 2-SON ROʻYXATI. X. NEFT, GAZ, GAZ KONDENSATI, KOʻMIR VA SLANETSNI QAYTA ISHLASH
Qoʻshni boʻlimlar
- 132-SON ROʻYXATI. V. GENERATOR GAZINI ISHLAB CHIQARISH VA METALLURGIYA ISHLAB CHIQARISHDA GAZLAR OLISH.
- 142-SON ROʻYXATI. VI. DINASLANGAN MASULOTLAR ISHLAB CHIQARISH.
- 152-SON ROʻYXATI. VII. METALLURGIYA ISHLAB CHIQARISH (RANGLI METALLAR)
- 162-SON ROʻYXATI. VIII. KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISH
- 182-SON ROʻYXATI. X. NEFT, GAZ, GAZ KONDENSATI, KOʻMIR VA SLANETSNI QAYTA ISHLASH
- 192-SON ROʻYXATI. XI. METALLNI QAYTA ISHLASH
- 202-SON ROʻYXATI. XII. ELEKTR ISHLAB CHIQARISH VA ELEKTR JIHOZLARINI TAʼMIRLASH
- 212-SON ROʻYXATI. XIII. ELEKTRON TEXNIKA VA RADIOAPPARATURA MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.