VM qarori № 637, 1-boʻlim

Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatini hamda ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxati 1-ilovaga muvofiq; Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qoʻyilsinki: ushbu qarorga 1-ilovaning 2-son roʻyxati I qismi va 3-son roʻyxati I qismida koʻzda tutilgan ishlar, kasblar va lavozimlar boʻyicha imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra tasdiqlanadi; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatining toʻgʻri qoʻllanishini nazorat qiladi hamda tushuntirishlar beradi. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2025-yil 10-oktabr, 637-son

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatini hamda roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori

Vazirlar Mahkamasining 637-son qarori, 10.10.2025

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.