Mehnat kodeksi 561-moddasi
Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi va boshqa ishga oʻtkazish haqidagi nizolar boʻyicha qarorlar qabul qilish
Mehnat shartnomasi qonuniy asossiz bekor qilingan, gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan, mehnat shartlari oʻzgartirilgan yoxud ishdan chetlashtirilgan hollarda yakka tartibdagi mehnat nizosini koʻrib chiquvchi organ xodimni avvalgi ishiga tiklaydi, shuningdek avvalgi mehnat shartlarini tiklaydi. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishning qonuniyligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilayotganda sud xodim bilan mehnat munosabatlarini tugatishning asosliligiga baho beradi. Yakka tartibdagi mehnat nizosini koʻrib chiqayotgan sud xodimga majburiy progulning butun vaqti uchun oʻrtacha ish haqini yoki kam ish haqi toʻlanadigan ishni bajargan butun vaqti uchun ish haqidagi farqni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Gʻayriqonuniy ravishda hukm qilinganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan yoxud gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan ishdan (lavozimidan) chetlashtirilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi kerak, agar buning imkoni boʻlmasa (tashkilotning (uning alohida boʻlinmasining) tugatilishi, qisqartirishga olib kelgan shtatlar oʻzgarishi yoki ishiga (lavozimiga) tiklanishiga toʻsqinlik qiluvchi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlgan taqdirda), avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi kerak. Tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) tugatilgan hollarda yoki ishga (lavozimga) tiklashga monelik qiladigan, qonunda nazarda tutilgan oʻzga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, boshqa teng ish berish mahalliy mehnat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 560. Yakka tartibdagi mehnat nizosining koʻrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish muddatlari
Keyingi modda →
Modda 562. Xodimlarni sud xarajatlaridan ozod qilish
Qoʻshni moddalar
- 557Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning aʼzolari uchun kafolatlar
- 558Bevosita sudda koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan yakka tartibdagi mehnat nizolari
- 559Yakka tartibdagi mehnat nizosining koʻrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi
- 560Yakka tartibdagi mehnat nizosining koʻrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish muddatlari
- 562Xodimlarni sud xarajatlaridan ozod qilish
- 563Daʼvo miqdoriga va uni taʼminlashga doir cheklovlarning mavjud emasligi
- 564Mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilishda, ishdan gʻayriqonuniy ravishda chetlashtirishda yoki xodimni gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxsning zimmasiga moddiy javobgarlikni yuklash
- 565Maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.