Mehnat kodeksi 523-moddasi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma
Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma asosidagina amalga oshirish huquqiga ega, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari bilan mehnat shartnomalarini tuzishga ularda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma mavjud boʻlgan taqdirdagina haqli, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari bilan oʻrindoshlik shartlari asosidagi mehnat shartnomalari faqat ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir alohida tasdiqnoma olingan taqdirdagina tuzilishi mumkin. Yuqori malakali mutaxassislar va malakali mutaxassislar bilan oʻrindoshlik shartlari asosida mehnat shartnomalarini tuzishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 526-moddasida belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomani berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 522. Chet el fuqarosini ishga qabul qilish yoshi
Keyingi modda →
Modda 524. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddati
Qoʻshni moddalar
- 519Uy ishchilarining mehnat staji
- 520Uy ishchisi va ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxs oʻrtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish
- 521Umumiy qoidalar
- 522Chet el fuqarosini ishga qabul qilish yoshi
- 524Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddati
- 525Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarosi boʻlgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning oʻziga xos xususiyatlari
- 526Yuqori malakali mutaxassis yoki malakali mutaxassis boʻlgan chet el fuqarolari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
- 527Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.