Mehnat kodeksi 52-moddasi
Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika komissiyasi
Respublika darajasida xodimlar va ish beruvchilarning teng sonli vakillaridan ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiya tuziladi. Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi tarkibiga xodimlar va ish beruvchilarning respublika birlashmalari vakillari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari kiradi. Taraflarning har biridan boʻlgan vakillarning son jihatidan tarkibi taraflarning kelishuviga koʻra belgilanadi. Xodimlar vakillarining shaxsiy tarkibi xodimlarning respublika birlashmalari tomonidan, ish beruvchilar vakillarining shaxsiy tarkibi ish beruvchilarning respublika birlashmalari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillarining shaxsiy tarkibi esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan belgilanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 51. Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha tarmoq komissiyalari
Keyingi modda →
Modda 53. Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar vakolatlarining muddati
Qoʻshni moddalar
- 48Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimi
- 49Boshlangʻich darajadagi ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya
- 50Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar
- 51Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha tarmoq komissiyalari
- 53Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar vakolatlarining muddati
- 54Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya aʼzosining faoliyatini tugatish yoki uni vaqtincha almashtirish
- 55Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalarning vakolatlari
- 56Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya ishini rejalashtirish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.