Mehnat kodeksi 445-moddasi
Kasanachilikni qoʻllash shartlari
Kasanachilikni qoʻllashga, basharti agar kasanachi mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilikni bajarish uchun zarur binolarga, shu jumladan turar joylarga, shuningdek ishni bajarish uchun amaliy koʻnikmalarga ega boʻlsa yoxud ishni bajarishga oʻqitilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Kasanachilik amalga oshiriladigan turar joylarni yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab etilmaydi. Kasanachilik texnologiya jarayoni va boshqa shart-sharoitlar uy sharoitlarida butlovchi buyumlarning, yarim tayyor mahsulotlarning, mahsulotlarning hamda ishlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish imkonini beradigan sanoat tarmoqlarida va xizmat koʻrsatish sohalarida tashkilotlar hamda ularning buyurtmalari boʻyicha uyda tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki xizmat koʻrsatayotgan xodimlar oʻrtasidagi kooperatsiya asosida tashkil etiladi. Kasanachining quyidagilarni talab qiladigan ishlarni (xizmatlarni) bajarishiga yoʻl qoʻyilmaydi: qonunchilikda belgilangan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya (ruxsatnoma) olishni; uyda kuch sarflab ishlatiladigan, koʻp energiya sarflanadigan va texnik jihatdan murakkab asbob-uskunalardan, shuningdek xavfli kimyoviy komponentlardan foydalanishni; uy sharoitlarida nazorat qilib boʻlmaydigan maxsus texnika xavfsizligiga rioya etishni. Kasanachilik sharoitlarida foydalanish mumkin boʻlmagan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va mahsulotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yongʻin xavfsizligi qoidalariga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, shuningdek kasanachilarning uy-joy-maishiy sharoitlarining oʻziga xos xususiyatlariga muvofiq kasanachilik ishlarining (xizmatlarining) ayrim turlariga yongʻin va sanitariya nazorati davlat organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining ruxsati bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin. (445-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son) Kasanachilar uchun ishlarning (xizmatlarning) muayyan turlari ularning amaliy koʻnikmalari va sogʻligʻining holati hisobga olingan holda (ishning xususiyati, foydalaniladigan uskunalar va asboblar, xom ashyoning va materiallarning xossalari, nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan esa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalari eʼtiborga olinadi) ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 444. Kasanachilarni ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh
Keyingi modda →
Modda 446. Kasanachi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi
Qoʻshni moddalar
- 441Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning qoʻshimcha asoslari
- 442Oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash
- 443Kasanachilik tushunchasi
- 444Kasanachilarni ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh
- 446Kasanachi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi
- 447Mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan ishni bajarishda kasanachi oila aʼzolarining ishtirok etishi (yordamlashishi)
- 448Kasanachining ish vaqti
- 449Kasanachining yillik mehnat taʼtili
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.