Mehnat kodeksi 406-moddasi
Yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan taʼtillar
Yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola tugʻilgan kundan eʼtiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) oʻtguniga qadar qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlangan xolda taʼtil beriladi. Yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimning yozma arizasiga koʻra, xodimga bola ikki yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʼtili berilib, ushbu davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa toʻlanadi, shuningdek bola uch yoshga toʻlguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan taʼtil ham beriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 405. Bolani ikki va uch yoshga toʻlguniga qadar parvarishlash taʼtillari
Keyingi modda →
Modda 407. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar
Qoʻshni moddalar
- 402Oʻn ikki yoshga toʻlmagan bolalarning yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan birining (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsning) ish haqi saqlanmagan holda taʼtil olish huquqi
- 403Homilador ayollarga antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash uchun qoʻshimcha boʻsh kunlar berilishi
- 404Homiladorlik va tugʻish taʼtili
- 405Bolani ikki va uch yoshga toʻlguniga qadar parvarishlash taʼtillari
- 407Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar
- 408Mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida homilador ayollar uchun kafolatlar
- 409Uch yoshgacha boʻlgan bolasi bor xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar
- 410Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslardan biriga kafolatlar berish sharti
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.