Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 36-moddasi
Yongʻindan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining, bundan tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalar mustasno, moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. (36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boshqaruv organlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari mazkur tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi. (36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) Idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatining moliyaviy hamda moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek shaxsiy tarkibning ijtimoiy kafolatlari va kompensatsiyalarini moliyaviy taʼminlash ularning muassislari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
Qoʻshni moddalar
- 32Koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati
- 33 ·Idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazish
- 34Davlat yongʻin nazorati
- 35Idoraviy yongʻin nazorati
- 37 ·Nizolarni hal etish
- 38 ·Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
- 39 ·Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
- 40 ·Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.